Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Samarqandda
Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov 10 noyabr kuni Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun yurtimizga keldi.
Xalqaro aeroportda oliy martabali mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi.
Sammit kun tartibidan iqtisodiyot, savdo, investitsiya, transport, innovatsiya, ekologiya, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish, Tashkilot faoliyatini takomillashtirish masalalari o‘rin olgan.
Ikrom AVVALBOEV,
O‘zA