Qashqadaryo viloyatida 2026-yilda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni yanada jadallashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, quyidagilar Qashqadaryo viloyatida 2026-yilda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib belgilandi:
a) yalpi hududiy mahsulot hajmi 8,2 foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi - 8,6 foizga, bozor xizmatlari hajmi - 15,9 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmi - 5,8 foizga va qurilish 13,2 foizga o‘sishini ta’minlash;
b) ishsizlik darajasini 3,2 foizga va kambag‘allik darajasini 3 foizga pasaytirish, shu orqali Qarshi, Shahrisabz shaharlari va Kitob tumaniga qo‘shimcha Fyzop, Qamashi, Ko‘kdala, Mirishkor, Shahrisabz, Yakkabog‘ tumanlarini ishsizlik va kambag‘allikdan xoli hududga aylantirish;
v) hududiy eksport hajmini 1,3 baravarga, investitsiyalar hajmini 1,6 baravarga oshirish;
g) qishloq xo‘jaligida suv resurslaridan samarali foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, nasos stansiyalarini modernizatsiya qilish orqali kutiladigan 800 million metr kub suv tanqisligi ta’sirini yumshatish;
d) 15,8ming gektar qishloq xo‘jaligi yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish;
j) hududlar o‘rtasida transport bog‘liqligini ta’minlash orqali xorijiy va mahalliy turistlar sonini 3,2 million nafarga yetkazish, joylashtirish vositalaridagi o‘rinlar sonini 1,4 baravarga oshirish.
Qarorga muvofiq, Qashqadaryo viloyatida yangi imkoniyat va tashabbuslarni ishga solish, tadbirkorlik infratuzilmasini yanada yaxshilash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi, bunda:
a) xalqaro ahamiyatdagi "A-378" Samarqand - G‘uzor avtomobil yo‘lining 28 km, "M-39" Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 38 km, davlat ahamiyatidagi "D-150" Ko‘kdala - Qarshi shahri avtomobil yo‘lining 49 km qismini qayta qurish;
b) xalqaro moliya institutlari mablag‘larini jalb etgan holda 2026-yilda:
xalqaro ahamiyatdagi "M-39" Toshkent-Termiz avtomobil yo‘lining 1255-1315 km qismini rekonstruksiya qilish;
Dehqonobod tumani ma’muriy markazining zamonaviy qiyofasini shakllantirish hamda aholi yashashi uchun qulay bo‘lgan zamonaviy massiv tashkil etish;
Qarshi va Shahrisabz shaharlari, Kitob, Dehqonobod va Qamashi tumanlari markazida oqova suv tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va qurish;
Kosoy va Muborak tumanlari markazlari hamda Kitob-Shahrisabz yerosti suv konidan suv olish quvuriga yaqin bo‘lgan qishloq aholi punktlarining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish;
v) Qarshi magistral kanali bo‘ylab uning Qarshi tumani hududidan o‘tuvchi 3 km kqismida "Yangi Nasaf" ekomajmuasini barpo etish;
g) elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida 460 ta transformator punktlarini o‘rnatish va 1 592 km elektr tarmoqlarini yangilash;
d) aholini ichimlik va oqova suv bilan ta’minlash darajasini oshirish uchun 16 ta inshoot hamda 416 km tarmoqlarni ko‘rish va ta’mirlash nazarda tutiladi.
O‘zA