Qarzdorlik mulk orqali hal etildi
Majburiy ijro byurosining Sirdaryo viloyat boshqarmasi mulkka qaratilgan undiruvni amalga oshirdi.
Unga ko‘ra, "Sirdaryo Shisha" MCHJ va qo‘shimcha javobgar "Sirdaryo universal oyna" MCHJlarning 22 milliard 496 million 400 ming so‘m qarzdorligi bo‘lgan. Ijroda qarzdor tomonga tegishli temir yo‘l tarmog‘ining xom-ashyo va tayyor mahsulotlarini yig‘adigan, qolaversa, mahsulotlarni ortish va tushirish uchun mo‘ljallangan maydoncha garov mulki sifatida xatlandi.
Shundan so‘ng "Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markaz" DUKning www.e-auksion.uz saytida mazkur mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi oydinlashgan.
"Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida"gi Qonunining 56-moddasiga asosan, undiruvchi tashkilotga taklif xati yuborilgan. Xatga muvofiq, undiruvchi yuqorida ko‘rsatilgan garov mulkini o‘z tassarufiga oldi. Shu yo‘l bilan qarzdorlik to‘liq qoplangan.
O‘zA