Qarshida xayriya aksiyasi bo‘lib o‘tdi
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Qashqadaryo viloyatida turli ma’naviy-madaniy tadbirlar, xayriya va saxovat aksiyalari o‘tkazilmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad aqliy va jismoniy nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
Ana shunday tadbirlardan biri viloyat musiqali drama teatrida tashkil etildi. Unda imkoniyati cheklangan bolalarning ijodiy ishlari, qo‘l mehnati yordamida tayyorlangan turli mahsulotlari ko‘rgazma-savdosi ham uyushtirildi.
[gallery-4943]
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA