Qamashi dalalaridan eksport bozorlariga
FOTOREPORTAJ
Qamashi tuprog‘i azaldan hosildorligi bilan tanilgan. Bugun esa Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanidagi «Nurmanova Xurshida» sabzavotchilik fermer xo‘jaligida zamonaviy dehqonchilik usullari asosida yuqori hosil yetishtirilmoqda.
Fermer xo‘jaligi rahbari Sherzod Mahmatmurodov brokkoli va karam kabi eksportbop ekinlarni parvarishlab, zamonaviy agrotexnologiyalardan samarali foydalanmoqda. Natijada xo‘jalikda olingan mahsulotlar ichki bozor bilan birga xorijiy davlatlarga ham yetkazib berilmoqda.
[gallery-27449]
Mazkur xo‘jalik o‘nlab ishchilarni ish bilan ta’minlab, aholi bandligi va oilalar daromadini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, fermer xo‘jaligi hudud iqtisodiyoti va eksport salohiyatini yuksaltirishga o‘z hissasini qo‘shmoqda.
Jamshid NORQOBILOV (surat), O‘zA