Qadring baland bo‘lsin, ona tilim! (+video)
21 oktyabr – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahri Shayxontohur tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida o‘quvchilar til bayramiga bag‘ishlangan turli sahna ko‘rinishlarini namoyish etdi.
O‘quvchilar va ustozlar kuylagan milliy qo‘shiqlar yoshlar qalbida tilimizga muhabbatni yanada kuchaytirdi, desak adashmaymiz.

Tadbirdan olingan taassurotlar tufayli yoshlar ko‘zida millat tiliga hurmat yanada oshganini ko‘rish shu tilda muloqot qiladigan har bir kishida faxr tuyg‘usini uyg‘otadi. O‘quvchilarning shirin zabonidan yog‘ilgan har bir so‘zning o‘zgacha, hissiyotga boy talaffuzi ushbu ta’lim dargohidagi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilarining samarali mehnatidan darak berdi.
Mamlakatimiz miqyosida, xususan ta’lim muassasalarida bunday tadbirlar ko‘plab o‘tkazilishi tilimiz taraqqiyotiga hissa qo‘shishi tabiiy.
Darvoqe, aniq va tabiiy fanlarga ixtisoslashgan ushbu ta’lim maskani 672 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, o‘quvchilarga 60 dan ortiq malakali pedagog saboq berib kelmoqda.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/yXvRN3eETpE" title="Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, O‘zA