Qadimiy Buxoroda yangi hayot nafasi
FOTOREPORTAJ
Ko‘hna va boqiy Buxoro nafaqat o‘zining boy tarixiy merosi, balki betakror tabiati bilan dunyo e’tiboriga tushgan. Viloyatga tashrif buyurayotgan xorijiy mehmonlar soni yildan-yilga ortib borayotgani ham buning yaqqol isbotidir. Sayyohlar bu yerda qadimiy obidalar bilan bir qatorda, tabiatning go‘zal uyg‘onish manzaralaridan ham bahramand bo‘lmoqda.
Shamolning mayin esishi, quyoshning zarrin nurlari hamda chor-atrofdagi yashillik, bularning barchasi hayot davom etayotganidan darak.
Bugungi Buxoro tabiatida yangi nafas ufurmoqda, oddiylik va buyuklik uyg‘unlashgan. Har bir niholda kelajak, har bir mehnatda esa baraka mujassam. Bu manzaralar nafaqat ko‘zga, balki qalbga orom baxsh etadi, insonni tabiat bilan yanada yaqinlashtiradi.
[gallery-28806]
Shu bilan birga, viloyatda izchil davom etayotgan keng ko‘lamli shaharsozlik va bunyodkorlik ishlari e’tiborni o‘ziga jalb etadi. Zamonaviy infratuzilmalar, yangi yo‘llar, obod maskanlar barpo etilib, qadimiy shahar yanada ko‘rkam va qulay qiyofa kasb etmoqda. Bu o‘zgarishlar nafaqat mahalliy aholi, balki tashrif buyurayotgan mehmonlar uchun ham katta qulayliklar yaratayotir.
Tohir ISTATOV (surat), O‘zA