Psixologlarga tegishli koʻrsatmalar berildi
Zoʻrlik ishlatishdan jabr koʻrgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish hamda oʻz joniga qasd qilishning oldini olish Toshkent shahar markazi tomonidan poytaxtimizda joylashgan mahallalarda faoliyat yurituvchi psixologlar uchun “Xotin-qizlarning oila va jamiyatdagi oʻrni” mavzuida seminar-trening oʻtkazildi.

Unda xotin-qizlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oilalarda maʼnaviy-axloqiy muhitni mustahkamlash va sogʻlomlashtirishning samarali mexanizmlarini yaratishga bogʻliq qator muammo va kamchiliklar tahlil qilindi.
Tahlillarga koʻra, yordamga muhtoj va ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarni manzilli qoʻllab-quvvatlash tizimi mavjud emas yoki yaxshi ishlamaydi, ishsiz va ijtimoiy faol boʻlmagan xotin-qizlar bilan yakka tartibda ish olib borish amaliyoti yoʻlga qoʻyilmagan.
Xotin-qizlarni oilaviy hayotga tayyorlash, ularga oiladagi nizoli holatlarni hal qilishning huquqiy va psixologik asoslarini oʻrgatish, ajrashishlarning oldini olish hamda oiladagi maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlashga oid fikr-mulohazalar bildirildi.
Shuningdek, psixologlarga tushkunlikka tushgan xotin-qizlarga zarur maslahat berish, ularning muammolarini oʻz vaqtida aniqlash, nogironligi boʻlgan ayollarning manzilli roʻyxatini tuzish hamda vaqtida psixologik yordam koʻrsatish, ularning mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi roli va faolligini oshirish boʻyicha tushunchalar berildi.