“Prokuror kubogi”da 200 ga yaqin polvon bellashdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Denov tumanidagi Dyuzdo sport mahorat maktabida kattalar o‘rtasida kurash bo‘yicha “Prokuror kubogi”ning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada 60 kg, 66 kg, 73 kg, 81 kg, 90 kg va 90 kg dan yuqori vazn toifasida 200 ga yaqin sportchi ishtirok etdi.
[gallery-19344]
Bahslarni tuman prokurori Ilhom Qosimov tantanali ochib, murabbiylar hamda sportchilarga omad tiladi.
Musobaqa qizg‘in va murosasiz bellashuvlarga boy bo‘ldi.
G‘olib va sovrindorlar hamda turli nominatsiyalar g‘oliblari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal, kubok va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA