Prokuror kubogi g‘oliblari taqdirlandi
Nukusda “Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori kubogi” uchun kurash musobaqasi bӯlib ӯtdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 30 yilligi hamda “6 sentyabr – kurash milliy sport turi kuni” munosabati bilan tashkil etilgan musobaqada Orolbӯyi shahar va tumanlaridan 120 nafardan ortiq kurashchi ishtirok etdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va sport bosh boshqarmasi hamda O‘zbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan tadbirning ochilish marosimida ta’kidlanganidek, har qanday jamiyat taraqqiyotida uning kelajagini ta’minlaydigan yosh avlodning sog‘lom va barkamol bo‘lib voyaga yetishi hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois, mamlakatimizda prokurorlar tashabbusi va amaliy yordami bilan yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
[gallery-3848]
Xususan, joriy yilning iyun-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasining shahar va tumanlarida sportning kurash turiga qiziqadigan uyushmagan yoshlar orasida musoqabaning mahallalar bosqichi o‘tkazilib, unda 7 ta vazn toifasida 3 ming nafardan ortiq kurashchi ishtirok etdi. Eng yaxshi natijalarga erishgan kurashchilar “Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori kubogi” da ishtirok etdi.
Musobaqa natijasiga ko‘ra Nukus shahar jamoasi birinchi, Nukus tuman jamoasi ikkinchi, Amudaryo va Chimboy tumanlari jamoalari uchinchi ӯrinlarni egalladi. G‘oliblarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori, O‘zbekiston kurash federatsiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘limi raisi Farxat Allambergenov qutlab, ularga diplom, medal hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirdi.
Musobaqada shuningdek “Eng yaxshi murabbiy”, “Eng yaxshi hakam”, “Eng yaxshi sportchisi” nominatsiyasi bӯyicha g‘oliblar aniqlandi.
Dovud ABIBULLAEV,
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA