Professional futbol klublariga xususiy investitsiyalar jalb etiladi
Poytaxtimizda professional futbol klublarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, xususiy investitsiyalarni keng jalb etish va klublar boshqaruvida tadbirkorlik sub’ektlari ishtirokini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
Unda Prezidentimizning 2026-yil 24-martdagi «Sport sohasini moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish va sohaga tadbirkorlik sub’ektlarini jalb qilishni kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosi doirasida professional futbol klublariga investorlar va tadbirkorlarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Professional futbol klublarini tadbirkorlar yoki tadbirkorlar guruhiga ishonchli boshqaruvga berish, xususiy investitsiyalarni jalb etish, korporativ boshqaruv tizimini joriy qilish hamda klublar faoliyatini tijoratlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Qarorda belgilangan tartibga ko‘ra, klubning yillik xarajatlarining kamida 20 foizi miqdorida homiylik mablag‘larini kiritgan tadbirkor yoki tadbirkorlar guruhiga professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga berish amaliyoti yo‘lga qo‘yiladi.
Mazkur mexanizm klublarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, boshqaruv samaradorligini oshirish, xususiy investitsiyalarni keng jalb qilish va ularning rivojlanish salohiyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, professional futbol klublarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning yangi tartibi yuzasidan fikr almashilib, sohani yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar ko‘rib chiqildi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA