Prezident tashrifi, kondagi avariya va xalqaro maydondagi g‘alabalar - Qisqa xabarlar
Bugungi “Qisqa xabarlar” dasturida Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga tashrifi va hududda amalga oshirilayotgan transport hamda kasbiy ta’lim loyihalari, ayrim oliy ta’lim muassasalarida 2026/2027 o‘quv yili uchun super-kontrakt miqdorlari e’lon qilina boshlangani, Surxondaryodagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida avariyaviy quduqni yopish ishlari boshlangani haqida ma’lumot beramiz.
Shuningdek, Kogon shahrida obodonlashtirish ishlari jarayonida davlatga 167 million 431 ming 4 so‘m moddiy zarar yetkazilgani, O‘zbekistonning 5 nafar yosh shaxmatchisi Hindistondagi Osiyo chempionatida ishtirok etishi, sumochilarimizning Shveysariyadagi “Swiss Sumo Open 2026” xalqaro turnirida qatnashishi hamda mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan yosh sportchilarga sport kiyimlari va zamonaviy inventarlar topshirilayotgani haqidagi xabarlar ham dasturimizdan o‘rin olgan. Mamlakatimizda ro‘y berayotgan eng muhim voqealarni biz bilan kuzatib boring.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/6kgwjkSmpZ8" title="Prezident tashrifi, kondagi avariya va xalqaro maydondagi g‘alabalar - Qisqa xabarlar" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Nozimbek Mardonov, Yoqub Meliboyev, O‘zA