Prezident qarori bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi
Xalqaro shaxmat akademiyasida matbuotda e’lon qilingan “Shaxmatni yanada rivojlantirish va ommaviylashtirish hamda shaxmatchilarni tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori bo‘yicha brifing bo‘lib o‘tdi.
Brifingda shaxmat akademiyasi rahbariyati, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari xodimlari hamda shaxmatchilar ishtirok etdi.
[gallery-805]
Yig‘ilishda qaror mohiyati, undan kelib chiqadigan vazifalar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Muhammad AMIN (surat), O‘zA