Poyezd ikki kishini bosib ketdi
Juma kuni Moskvada poyezd ikki kishini bosib ketdi, hozirda hodisa sabablari oʻrganilmoqda, deyiladi RIA Novosti xabarida
Juma kuni Moskvada poyezd ikki kishini bosib ketdi, hozirda hodisa sabablari oʻrganilmoqda, deyiladi RIA Novosti xabarida.
Agentlik manbasining maʼlum qilishicha, 2019 yil 15 fevral kuni soat 23da Moskva temir yoʻlining 23-kilometrida harakatlanayotgan poyezd temir yoʻlni kesib oʻtayotgan ikki kishini bosib ketgan. Baxtsiz hodisa ishtirokchilari - Rossiya Federatsiyasining 59 yoshli va Qozogʻiston Respublikasining 25 yoshli erkak fuqarosi voqea joyida hayotdan koʻz yumgan.
Dastlabki tergov xulosalariga koʻra, hodisa qurbonlari temir yoʻlni taqiqlangan joydan kesib oʻtayotgan boʻlgan.