Popda yangi mahalla binosi ochildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanidagi Mustaqillik mahallasi uchun barpo etilgan zamonaviy bino tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Yangi inshoot mahalla tizimida aholiga yaqin va samarali xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.
Bugungi kunda mamlakatimizda mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Pop tumanida foydalanishga topshirilgan mazkur bino ham ana shu islohotlarning amaliy ifodasi bo‘ldi.
Mazkur zamonaviy binoda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy masalalarni hal etish va mahalla faoliyatini samarali tashkil etish uchun barcha sharoit yaratilgan.
[gallery-28805]
Tantanali marosimda Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov ishtirok etib, mahalla faollari va aholini qutladi. U o‘z so‘zida mahalla institutini yanada mustahkamlash, uning jamiyat hayotidagi o‘rnini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
Marosimda tuman aholisi, nuroniylar va keng jamoatchilik vakillari ham ishtirok etib, yangi binodan mamnunlik bildirdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA