Pop yangicha qiyofa kasb etmoqda
FOTOREPORTAJ
Mahallalarda yangi binolar qad rostlamoqda, ko‘chalar obod bo‘lmoqda, infratuzilma yangilanmoqda. Bu jarayonlar Namangan viloyati Pop tumanini ham tobora bunyodkorlik va yangilanish markaziga aylantirayotir.
Ana shunday bunyodkorlik samarasi Jahon banki mablag‘lari hisobidan 3 milliard 600 million so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy 59-maktabgacha ta’lim tashkiloti yangidan qurilib, bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.
[gallery-31285]
Yana 10 kilometr ichki ko‘chalar 3,8 milliard so‘m mablag‘ evaziga asfaltlandi. 1 milliard 200 million so‘mga elektr ta’minoti tizimi yaxshilandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA