Pokiston va Eron chegarasidagi Taftan-Mirjava o‘tkazish punktini qayta ochildi
4 oktyabrdan Pokiston hukumati Eron bilan chegaradan xususiy sektor vakillari va talabalarning o‘tib-qaytishini ta’minlash uchun hamkorlikdagi Taftan-Mirjava o‘tkazish punktini yana ochdi.
“IRNA” agentligi bu haqda xabar bergan.
Pokiston axborot manbalari ham mamlakatdagi Federal tekshiruv agentligi hisobotiga tayanib koronavirus tufayli uch oylik tanaffusdan so‘ng o‘tkazuv punkti qayta ochilgani haqida ma’lum qilgan.
Hisobotga ko‘ra, pokistonlik tadbirkorlar, yuk avtomobillari va talabalar tegishli hujjat va tibbiy ma’lumot bilan o‘tib-qaytishiga ruxsat berilgan, ayni paytda sayyohlik safarlariga taqiq amalda turibdi.
Federal agentlik tegishli ishlar bosqichma-bosqich bo‘lishini ma’lum qilgan.