Pokiston Hindistonning harbiy samolyotlarini urib tushirdi
Pokiston harbiylari tomonidan Hindiston harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita qiruvchi samolyot urib tushirilgan. Pokiston harbiy manbalarining xabar berishicha, qiruvchi samolyotlar Pokiston chegaralarini buzib kirgan.
Pokiston harbiylari tomonidan Hindiston harbiy havo kuchlariga tegishli ikkita qiruvchi samolyot urib tushirilgan. Pokiston harbiy manbalarining xabar berishicha, qiruvchi samolyotlar Pokiston chegaralarini buzib kirgan.Pokiston armiyasining matbuot kotibi general-mayor Asif Gʻofurning soʻzlariga koʻra, Hindiston qiruvchi samolyotlari Pokiston hududiga kirgandan soʻng urib tushirilgan, oqibatda ikki nafar hind harbiysi halok boʻlgan va bir nafari garovga olingan.
Hindiston rasmiylarining aytishicha, chorshanba kuni Pokistonning uchta jangovar samolyoti Hindiston nazoratidagi Kashmir ustidan uchib oʻtgan, biroq Hindiston harbiylari tomonidan ushlangandan keyin qaytarib yuborilgan.
Bir necha yillardan beri koʻplab bahs va munozaralarga sabab boʻlib kelayotgan Kashmirda oxirgi bir haftadan beri yana kelishmovchiliklar yomonlashdi. Ayni damda ushbu chegara hududida Hindiston va Pokiston harbiylari oʻrtasida qurolli toʻqnashuvlar avj olgan.