Pochettino: "Neymar huddi Ronaldinyo kabi futbolni sevadi"
Agar iste’dod borasida gapiradigan bo‘lsam, Neymar - Messi, Mbappe, Maradona va Ronaldinyo bilan bir qatorda bo‘ladi.
AQSh terma jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Neymar haqida fikr bildirdi.
"Agar iste’dod borasida gapiradigan bo‘lsam, Neymar - Messi, Mbappe, Maradona va Ronaldinyo bilan bir qatorda bo‘ladi. Uning maydondagi harakatlari va o‘yinni boshqara olish mahorati aqlbovar qilmas darajada. Ammo futbol faqat iste’dod va mahoratdan iborat emas. Neymar futbolni xuddi Ronaldinyo singari sevadi, shu bilan birga o‘z madaniyatini ham juda qattiq qadrlaydi. U futbol o‘ynashni yaxshi ko‘radi, ammo raqs tushishni va dam olishni xush ko‘radi. U hayotdan o‘ziga xos tarzda zavq oladi", - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Neymar Braziliyaning "Santos" klubida to‘p tepmoqda.