Pirs Morgan Ronalduni himoya qildi
Bum! Ronaldu gol urdi. Men aytganimdek. Tarixdagi eng buyuk futbolchidan ajoyib yakun.
Britaniyalik teleboshlovchi Pirs Morgan Krishtianu Ronalduning tanqidchilariga javob qaytardi.
JCH–2026 guruh bosqichida O‘zbekistonga qarshi uchrashuvda dubl qayd etgan Ronaldu Portugaliyaning 5:0 hisobidagi g‘alabasiga katta hissa qo‘shdi va bahsning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Ronaldu 6-daqiqada hisobni ochganidan so‘ng Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida quyidagi fikrni yozdi:
"Bum! Ronaldu gol urdi. Men aytganimdek. Tarixdagi eng buyuk futbolchidan ajoyib yakun. Tanqidchilar yig‘layveringlar", — deb yozdi jurnalist.
39-daqiqada portugaliyalik hujumchi ikkinchi golini urganidan keyin Morgan yana munosabat bildirdi.
“Bum! Ronaldu yana gol urdi. Tarixdagi eng buyuk futbolchidan navbatdagi ajoyib yakun. Tanqidchilar, endi jim bo‘linglar”, — dedi u.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya milliy terma jamoasi JCH–2026 guruh bosqichining ikkinchi turida O‘zbekiston milliy terma jamoasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi.