Peter Krouch: Foden va Palmer kabi futbolchilar har qanday vaziyatda qaydnomada bo‘lishi kerak
Fil va Koul istalgan paytda o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin.
Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Peter Krouch terma jamoasining jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi haqida gapirdi.
"Fil Foden va Koul Palmerga o‘xshagan futbolchilar har qanday holatda ham tarkibga kiritilishi shart. Fil va Koul istalgan paytda o‘yinni o‘zgartirib yuborishi mumkin. Shunday futbolchilar borki, ularni har qanday sharoitda ham, ular formada bo‘lmasa ham tarkibga kiritilishi kerak. Palmer va Foden aynan shunday futbolchilar qatoriga kiradi. Ayniqsa Palmer o‘yinda ham sovuqqon va penaltilar seriyasiga to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, xotirjamlikni ushlab tura oladi", - dedi Krouch.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati bahslariga 11-iyun kuni start beriladi.