Pentagon: AQSH tinch Arktikadan manfaatdor
AQSH tinch va barqaror Arktikadan manfaatdor va mintaqani hamkorlik hududi sifatida ko‘radi, deyilgan Pentagon dushanba kuni e’lon qilgan yangilangan Arktika strategiyasida.
– Qo‘shma Shtatlar tinch, barqaror, rivojlanayotgan va hamkorlikka tayyor Arktika mintaqasini yaratishga intilmoqda, – deyilgan hujjatda. – Shu bilan birga hududdagi faoliyat kuzatuv va chora ko‘rish, jumladan Pentagon birlashgan kuchlarini mintaqaga joylashtirilishiga tayyor turish bo‘yicha yondashuvni hisobga olgan holda olib boriladi.