Pensiya va nafaqa pullari uyma-uy tarqatilmoqda
Xabaringiz bor, mamlakatimizda koronavirus infeksiyasini oldini olish maqsadida Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq pensiya yoshidagilar yaʼni 65 yoshdan yuqori boʻlgan fuqarolarga uyidan tashqariga chiqish taʼqiqlangan.

Taʼkidlash lozimki, Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan koronavirus infeksiyasining katta yoshli va surunkali kasallikka ega boʻlgan insonlarga yuqish ehtimoli yuqori ekanligi hamda naqd pullardan foydalanish ham virus tarqalishiga olib keluvchi vositalardan biri boʻlishi mumkinligi maʼlum qilingan.
Shu bois Qashqadaryo viloyatida har bir pensioner va nafaqa oluvchilarga beriladigan naqd pullar alohida konvert, polietilen xaltachada pensioner va nafaqa oluvchilarning ism-sharifi qayd etilgan holda ularning oʻzlariga topshirilmoqda.

Xususan, “Xalq bank” Mirishkor tumani filiali va mahalla fuqarolar yigʻinlari bilan hamkorlikda tumandagi pensiya oluvchi va boshqa nafaqa oluvchi fuqarolarga karantin qoidalariga rioya qilgan holda maxsus paketlarda nafaqa pullari uyma-uy yetkazib berilmoqda.
Jumladan, kuni kecha tumandagi Obodon mahallasi fuqarolariga maxsus sterillangan paketlarda dezinfeksiya qilingan pensiya va nafaqa pullari tarqatildi.