“Paxtakor”ga omad tilaymiz!
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” hamda “Al-Hilol” jamoalari bahsi boʻladi.
Bugun Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turidan oʻrin olgan “Paxtakor” hamda “Al-Hilol” jamoalari bahsi boʻladi.
Uchrashuv Al Vakra shahridagi “Al Janub” stadionida oʻtadi. “Paxtakor” va “Al-Hilol” oʻrtasidagi mazkur bahs Toshkent vaqti bilan 23:00 da start oladi. Bahsni Navaf Shukurulla Abdulla Gʻayyat (Bahrayn) bosh hakam sifatida olib boradi. Unga qanotlarda Muhammad Jafar Muhammad Salmon, Abdulla Solih Alvoraimi Abdulla Mohsen (ikkisi ham Bahrayndan) yordam beradi. Uchrashuv nazoratchisi vazifasini Subhiddin Bin Mohd Solih (Malayziya) bajaradi.
Mazkur uchrashuv oldidan poytaxtimiz klubida jiddiy yoʻqotishlar mavjud. Jumladan, ushbu bahsda “Paxtakor”ga ikki nafar asosiy futbolchisi yordam bera olmaydi. Darvozabon Eldorbek Suyunov oʻtgan turdagi bahsda qizil kartochka olib maydonni tark etgani uchun, hujumchi Dragan Cheran esa mavsumdagi ikkinchi sariq kartochkani olgani uchun bu turni oʻtkazib yuboradi.
Eslatib oʻtamiz, 14-sentyabr kuni “Al-Hilol” jamoasi “Paxtakor”ni 2:1 hisobida taslim etishni uddaladi va guruhdagi ochkolarini 9 taga yetkazib oldi. “Paxtakor” esa 3 oʻyinda ikki marotaba gʻalaba qozonib, 6 ochko bilan jadvalning ikkinchi pogʻonasida bormoqda.