Pashinyan: Armanistonning Rossiya bilan munosabati endi avvalgidek emas
Armanistonning Rossiya bilan munosabati, siyosiy sharoitdan qat’i nazar, endi avvalgidek bo‘la olmaydi, deya ta’kidladi Bosh vazir Nikol Pashinyan Fransiyaning RFI radiosiga bergan intervyusida.
– RF bilan munosabatni uzish yoki yomonlashtirish bizning maqsadimiz emas – avval ham, hozir ham bundan keyin ham, – degan u. – Aksincha, biz bu aloqalar rivojlanishini istaymiz. Afsuski, bir narsani tan olish kerak: vaziyatdan va kim hokimiyat tepasida bo‘lishidan qat’i nazar, Rossiya bilan munosabat endi avvalgidek bo‘la olmaydi.
Pashinyan hozirgi siyosat Rossiyaga qaramlikdan xalos bo‘lish emas, balki tashqi aloqalarni diversifikatsiya qilishga intilish ekanini ta’kidladi.
– Biz hech kimga tobe bo‘lishni xohlamaymiz, – deya qo‘shimcha qildi Armaniston Bosh vaziri. – Boshqacha aytganda, “A”ga qaramlikni to‘xtatib, “B” nazoratiga o‘tishga intilmaymiz. Bu ma’qul siyosat emas. Niyatimiz – mustaqillikni mustahkamlash va rivojlantirish.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Yerevan fuqarolar hamda biznesga eksport va importni uchun muqobil imkoniyat taqdim etib, muvozanatli tashqi siyosatni davom ettirishni xohlaydi.
S.Rahimov, O‘zA