Partiya vakillari talabalar bilan muloqot qildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Namangan shahar Kengashi hamda Namangan davlat universiteti hamkorligida “Yosh olimlar maktabi” loyihasi - amalda” mavzuida talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida “O‘zbekiston - 2030” taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalar, 2024 yil 16 yanvar kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida makroiqtisodiy barqarorlik va iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan tanqidiy fikrlar muhokama etildi.
[gallery-16095]
Tadbirda Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati R. Muhiddinov, Namangan shahar moliya bo‘limi mutaxassisi U. Hakimov, Davlat soliq inspeksiyasi inspektori A. Tursunov, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi viloyat Kengashi rahbari D. O‘rinboyeva ishtirok etib, talabalarni qiziqtirgan barcha savollariga javob berdi.
Tadbir so‘ngida talabalarga partiyaning a’zolik guvohnomalari topshirildi. Yoshlar mavzu yuzasidan o‘z taklif va mulohazalarini bildirdi.
Moliya va soliq organlari hamkorligida “Yosh moliyachi”, “Yosh soliqchi” ko‘rik-tanlovlarini tashkil etish talabalarda o‘zi tanlagan kasbga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA