Parlament o‘yinlari g‘oliblari aniqlandi
Navoiy shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2020 yil 30 dekabrdagi qaroriga asosan, Senatorlar va xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolarini jismoniy tarbiya va sportga keng jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan “Parlament o‘yinlari”ning mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda sportning voleybol, mini futbol, badminton va stol tennisi turlari bo‘yicha Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.


Qiziqarli va murosasiz kurashlarga boy tarzda o‘tgan musobaqalar yakuniga ko‘ra, voleybol, mini futbol va badminton bo‘yicha Navoiy, stol tennisi bo‘yicha esa Samarqand viloyati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Endi ular “Parlament o‘yinlari”ning respublika bosqichida ishtirok etadi.

G‘olib va sovrindor jamoalar “Diplom” va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi .
A.Bo‘riyev, O‘zA