“Parij bemaʼni tanlovda ishtirok etmaydi”
Fransiyaning Yevropa masalalari boʻyicha vaziri Natali Lauzo Fransiya va Italiya munosabatlariga izoh berib, “Parij bemaʼni tanlovda ishtirok etmaydi”, deb fikr bildirdi, deyiladi “Le Figaro” xabarida.

“Gap ohangi haddan ortib ketsa, uning ahamiyati yoʻqoladi. Italiya bilan qiladigan ishimiz koʻp, ularni davom ettirish kerak”, dedi u.
Avvalroq Fransiya tashqi ishlar mahkamasi “Italiya hukumatining Fransiya Prezidentiga nisbatan asossiz iddaolarini u yerdagi ichki nomuvofiqliklar aks-sadosi sifatida qabul qilish kerak, ular ahamiyatli emas”, deb bayonot bergandi.