“Parij-2024” ramzlari namoyish etildi
Fransiya poytaxti Parijda 2024 yilgi yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ramzlari namoyish etildi.
Mutaxassis va tadqiqotchilar taklifi, “Parij-2024” tashkiliy qo‘mitasi qarori bilan frigiya bosh kiyimi o‘yinlar asosiy ramzi sifatida tanlandi. Bu haqda “insidethegames” sayti xabar tarqatdi.

“Parij-2024” brendini yaratish komissiyasi direktori Juliye Matixinning bildirishicha, ushbu bosh kiyim asrlar davomida fransuzlar uchun erkinlik g‘oyasi sifatida qadrlab kelinadi.
Taqdimotda bosh kiyimi noyob intellektual o‘yin maskoti shaklida oldingi o‘yinlar ramzidek mezbon mamlakatni ifodalovchi qushga o‘xshash holatda taqdim etilayotgan bo‘lsa-da, bu yerda boshqa ma’no ham bor.

– “Parij-2024” bunday qilmaslikka qaror qilganini tushunish juda muhim, - deya ta’kidlagan Juliye Matixin. – Biz hayvon tasviri orqali ramziylashtirishga mutlaqo yaqinlashmaymiz. Biz uchun eng muhimi – fransuz ruhiyatini ko‘rsatish. Shu bois fransuzlar ozodligi timsoli – Frigiya shlyapasi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari ramzi sifatida tanlandi.
Tarixiy manbalarda yozilishicha, qadimgi Rimda ozod qilingan qulga shlyapa kiydirilgan. Qolaversa, Fransiyada ushbu bosh kiyimi Rim ma’budasi Libertas bilan bog‘lanadigan ko‘plab afsonalar mavjud.
T. Ro‘ziyev, O‘zA