“Parij-2024” byudjeti 10 foiz o‘sdi
Yana ikki yildan keyin Fransiyada o‘tadigan yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari byudjeti inflyatsiya va qo‘shimcha sarf tufayli 4,38 milliard yevroga chiqdi, deya xabar tarqatdi Fransiyadagi “Le Monde” va “LʼEquipe” vakillari.
O‘tgan yil oxirida 3,98 milliard yevroni tashkil etgan umumiy xarajat miqdori energiya narxi oshishi natijasida, taxminan, 10 foiz o‘sdi.
“Parij-2024” Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi rahbari Toni Estange bildirishicha, bu avvaldan kutilgan holat edi. Ayni masala joriy yil 12 dekabr kuni o‘yinlar Kengashida yana bir karra ko‘rib chiqiladi, deyilgan xabarda.
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarining ochilish va yopilish marosimi xarajati 100 million yevrodan 130 million yevroga o‘zgarishi mumkin.
T. Ro‘ziyev,
O‘zA