Para velosportimiz tarixida yangi sahifa ochildi
Italiyaning Maniago shahrida bo‘lib o‘tayotgan para velosportning shosse yo‘nalishi bo‘yicha jahon kubogida O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari tarixi natija qayd etdi.
Aniqroq aytadigan bo‘lsak, musobaqada erkaklar o‘rtasidagi T1 klassida Aziz Ataxo‘jayev 40 km. masofaga o‘tkazilgan guruh poygasida oltin, 16 km. masofaga o‘tgan vaqt poygasida esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, bu natija O‘zbekiston para velosporti tarixida jahon kubogining guruh poygasida qo‘lga kiritilgan ilk oltin sifatida yangi sahifa ochdi.

Shunigdek, ayollar o‘rtasida T1 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Marjona Pardaboyeva 30 km. masofaga o‘tkazilgan guruh poygasida hamda 16 km masofaga o‘tkazilgan vaqt poygasida bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA