Para taekvondochimiz Manchesterda sovrindor bo‘ldi
Para taekvondo bo‘yicha terma jamoamiz a’zolari Angliyaning Manchester shahrida o‘tayotgan jahon para taekvondo Gran-prisining final turnirida ishtirok etdi.
Murosasiz bahslar yakuniga ko‘ra 3 nafar vakilimiz sovrindorlar safidan joy oldi. Xususan, ayollar o‘rtasida Guljanoy Naimova o‘z vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘ldi. Erkaklar o‘rtasida esa Javohir Aliqulov kumush, Asad Toshtemirov bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, ushbu musobaqa “Parij-2024" yozgi Paralimpiya o‘yinlariga muhim reyting ochkolarini taqdim etadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA