Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi (+video)
Sog‘liqni saqlashda tub burilish: davlat rahbari tashabbusi bilan sanitariya-epidemiologiya tizimida katta o‘zgarishlar boshlandi. Bu islohotlar aholi hayotiga nimalar olib keladi?
Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan bugun sanitariya-epidemiologiya tizimida katta o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Zamonaviy laboratoriyalar, kasalliklarni elektron monitoring qilish tizimi va raqamli nazorat joriy etilmoqda.
Endi asosiy maqsad — muammoni kasallik tarqalgandan keyin emas, balki xavfni imkon qadar erta aniqlash va oldini olishdan iborat bo‘ladi.
Xo‘sh, bu o‘zgarishlar aholi salomatligi va kundalik hayotimizga qanday ta’sir qiladi? Bugun shu savollarga javob izlaymiz.
Mohichehra Eshmirzayeva, Oybek Davronov, ЎзА