“O‘zingni qo‘lga ol!” — Depressiyada bu gap yordam beradimi? (+video)
Ishdagi bosim, oilaviy muammolar, moliyaviy tashvishlar, tinimsiz telefon va ijtimoiy tarmoqlardagi salbiy xabarlar — bularning barchasi ruhiy holatimizga ta’sir qiladi. Ammo eng xavflisi — odam ba’zan o‘zidagi o‘zgarishlarni shunchaki charchoq deb qabul qilishi, xolos. Uyqu buziladi, kayfiyat tushadi, odam tez jahli chiqadigan bo‘lib qoladi, hech narsaga qiziqmay qo‘yadi… Va shu yerda muhim savol tug‘iladi: bu oddiy stressmi, nevrozmi yoki depressiyaning boshlanishi?
Bugun mutaxassis bilan aynan shu chegaralar haqida gaplashamiz.
Stress qachon organizm uchun xavfli tus oladi?
Depressiyani oddiy tushkun kayfiyatdan qanday ajratish mumkin?
Va eng muhimi, qachon odam “o‘zim uddalayman” deyishni bas qilib, mutaxassisga murojaat qilishi kerak?
“Salomat bo‘ling” dasturida batafsil
Mohichehra Eshmirzayeva,
Oybek Davronov, Ulug‘bek To‘xtayev,
O‘zA