O‘zbekistoning eksporti hajmi oshib bormoqda
2025 yilda O‘zbekiston tashqi savdosida eksport hajmi 33,8 mlrd. AQSH dollarini tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 24 foizga oshgan.
Eksport yo‘nalishlari kesimida eng yuqori ulush quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri keldi. Rossiya 4,3 mlrd. dollar bilan yetakchilikni saqlab qolgan. Undan keyin Xitoy (2,5 mlrd. dollar), Qozog‘iston va Afg‘oniston (har biri 1,5 mlrd. dollar) joy olgan. Turkiyaga eksport 1,1 mlrd. dollarni tashkil etgan.
Shuningdek, Fransiya (872,2 mln. dollar), Qirg‘iziston (771,1 mln. dollar), Birlashgan Arab Amirliklari (720,7 mln. dollar), Tojikiston (683,1 mln. dollar) va Pokiston (325 mln. dollar) O‘zbekiston eksportida TOP-10 davlatlar qatoriga kirgan.
Hamroz Bayanov, O‘zA