O‘zbekiston va Sloveniya: davlat auditi bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliyot almashinuvi rivojlantiriladi
Oliy Majlis Senatiga Sloveniya Respublikasi Audit sudi raisi Yana Axchin tashrif buyurdi.
Senat raisi Tanzila Norboyeva bilan uchrashuvda ikki tomonlama, shu jumladan, davlat moliyaviy nazorati sohasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Sloveniya Audit sudi o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, davlat auditi bo‘yicha ilg‘or tajriba va amaliyotlarni almashish muhimligi ta’kidlandi.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi parlamentlararo hamkorlikka alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Sloveniya Respublikasi Milliy kengashi o‘rtasidagi hamkorlik tizimli va konstruktiv xarakterga ega ekani qayd etildi.
Parlament delegatsiyalari tashriflarini faollashtirish, dasturlar ijrosi ustidan ta’sirchan parlament nazoratini kuchaytirish hamda bu borada o‘zaro tajriba almashish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida tomonlar barcha yo‘nalishlarda amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirishdan o‘zaro manfaatdor ekanliklarini bildirdi.
N.Abduraimova, O‘zA