O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasidagi strategik sheriklikni kengaytirish masalalari, Qozog‘istonga yo‘llangan hamdardlik– Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidze bilan telefon orqali muloqot qildi. O‘zbekistonda BMTning “Ayollar” tuzilmasi ofisi ochilishi xotin-qizlar huquqlari va gender tenglikni ta’minlash borasidagi xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqdi. O‘zbekistonda plastik, shisha va alyuminiy ichimlik idishlarini alohida yig‘ish va qayta ishlashga topshirishni rag‘batlantiruvchi pilot loyiha ishga tushirildi.
Shuningdek Qozog‘istonga yo‘llangan hamdardlik, Xalqaro kosmik o‘yinlarda ishtirok etishi, yurtimiz hayotiga oid sport xabarlari haqida so‘z yuritamiz.
Nozimbek Mardonov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA