O‘zbekiston – Rossiya parlamentlararo aloqalarini yanada rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, baxt-saodat va yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Ikki mamlakat parlamentlarining O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlashga xizmat qilayotgan samarali hamkorligi katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan parlament nazoratini ta’minlash, sanoat kooperatsiyasi, ta’lim va madaniyat sohalaridagi qo‘shma loyiha va dasturlarni ilgari surish bo‘yicha faol hamkorlikni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.