O‘zbekiston-Qatar: aloqalarning yangi bosqichi (+video)
Shavkat Ikromov Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti kafedra mudiri.
- Kuni kecha mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Qatar Davlati Amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofot bilan taqdirlash marosimida ishtirok etishi bilan birga Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev bilan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdilar. Mazkur uchrashuvlarda yangi qo‘shma investitsiya loyihalari, shu jumladan, yashil energetika, sanoat, qishloq xo‘jaligi, infratuzilmani rivojlantirish, bank, moliya, sog‘liqni saqlash, turizm sohalarida aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Shu kunning yana bir e’tiborli voqeasi: “Tashkent city” xalqaro ishbilarmonlik markazi hududida xalqaro hamjamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini ifodalovchi monumentning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvlardan qanday natijalar kutilmoqda?
- Qatar o‘z mintaqasida alohida rivojlanish xususiyatga ega bo‘lgan va mintaqaning boshqa mamlakatlariga o‘xshamaydigan ko‘p vektorli siyosatga ega bo‘lgan va iqtisodiy tarmoqlarining xilma-xilligi bilan, o‘z mintaqasida demokratiya va inson huquqlari, korrupsiyaga qarshi kurashish, adolatli davlatchilik uchun kurashayotgan, bu yo‘lda katta muvaffaqiyatlarga erishgan davlat hisoblanadi... (davomi videoda)
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/NRh3UM-b4f0" title="Oʻzbekiston-Qatar: aloqalarning yangi bosqichi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Sanjar Toshpo‘latov, Doniyor Yakubov, O‘zA