O‘zbekiston Prezidenti “SOCAR” va “British Petroleum” kompaniyalari bilan hamkorlikdagi loyihalarning borishini muhokama qildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yoqilg‘i-energetika tarmog‘idagi investorlar kengashining yig‘ilishida ishtirok etish uchun mamlakatimizga kelgan Ozarbayjonning “SOCAR” kompaniyasi rahbari Rovshan Najaf va “British Petroleum” kompaniyasining katta vitse-prezidenti Jovanni Kristofolini qabul qildi.
Muloqot chog‘ida energetika sohasida ushbu yetakchi kompaniyalar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Ustyurt platosidagi uglevodorod konlarini o‘zlashtirish bo‘yicha navbatdagi amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi. Buyuk Britaniyaning “British Petroleum” kompaniyasi ushbu yirik loyihaga qo‘shilgani yuqori baholandi.

Neft-gaz sohasida yangi loyihalarni ilgari surish, neft va neft mahsulotlarini uzoq muddatli yetkazib berish va sotish tarmog‘ini yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.