O‘zbekiston Prezidenti Ostonaga jo‘nab ketdi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan 21-aprel kuni amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.
Davlatimiz rahbari ertaga Qozog‘iston poytaxtida bo‘lib o‘tadigan Mintaqaviy ekologik sammit va Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining yig‘ilishida ishtirok etadi.