O‘zbekiston kubogi g‘olib va sovrindorlari aniqlandi
Trampolin bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqalari yakunlandi. Bellashuvlarda sportchilar yakkalik, sinxron sakrash hamda akrobatik yo‘lakda sakrash yo‘nalishlarida g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
13–14 yoshli qizlar o‘rtasida batutda yakkalik sakrashda Svetlana Kasparyan oltin, Diana Smirnova kumush, Fotimaxon Akbaraliyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Sinxron sakrashda Svetlana Kasparyan va Diana Smirnova juftligi g‘olib chiqdi. O‘g‘ilbibi Xudayberganova va Jasmina Ayubjonova ikkinchi, Oyshabonu Habibullayeva va Farangiz Sobirjonova uchinchi o‘rinni egalladi. Akrobatik yo‘lakda esa Mashhura Hoshimova, G‘ulnoza Ergasheva va Shohista Jangaboyeva shohsupaga ko‘tarildi.
13–14 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida yakkalik sakrashda Muhammadjon Ergashaliyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Husniddin Rahmoniddinov kumush, Kamronbek Nabiyev bronza medaliga ega chiqdi. Sinxron sakrashda Shohruz Isroilov va Kamron Nabiyev juftligi birinchi, Husniddin Rahmoniddinov va Mirziyo Hamidxonov ikkinchi, Shohrux G‘oziyev va Shohrux Eshmurzayev uchinchi bo‘ldi. Akrobatik yo‘lakda Mirjahon Shuhratov oltin, Umar Sobirov kumush, Jamshid Rahimov bronza medalini qo‘lga kiritdi.
15–16 yoshli qizlar o‘rtasida yakkalik sakrashda Go‘zaloy Sotiboldiyeva birinchi, Shahinabonu Rasulova ikkinchi, Ruxshona Akromova uchinchi o‘rinni egalladi. Sinxron sakrashda Shahinabonu Rasulova va Shahrizoda Shukurjonova juftligi g‘olib bo‘ldi. Go‘zaloy Sotiboldiyeva va Ruxshona Akromova ikkinchi, Odinaxon Muxtorova va Nurjamal Bektleulova uchinchi natijani qayd etdi. Akrobatik yo‘lakda Dilnavoz Mamajanova oltin, Quvonchoy Bozorboyeva kumush, Nazlimxon Baxtiyorova bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
15–16 yoshli o‘g‘il bolalar o‘rtasida yakkalik sakrashda Firdavs Ibrohimov shohsupaning yuqori pog‘onasidan joy oldi. Jasur Rafiqov ikkinchi, Fazliddin Isomiddinov uchinchi bo‘ldi. Sinxron sakrashda Orifxo‘ja Asqarxo‘jayev va Firdavs Ibrohimov juftligi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Hadyatullo Abdulbositov va Muhammadaziz Jinadullayev ikkinchi, Jasur Rafiqov va Kamron Po‘latov uchinchi o‘rinni egalladi. Akrobatik yo‘lakda Serdar Shodiyev oltin, Abror Mahmudov kumush, Binoxil Usmonov bronza medali bilan taqdirlandi.
Ayollar o‘rtasida (17 yosh va undan kattalar) yakkalik sakrashda Nozanin Sobirjonova chempion bo‘ldi. Jansaya Abdig‘aniyeva kumush, Nodira Soyibboyeva bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Sinxron sakrashda Nozanin Sobirjonova va Lola Ahmedova juftligi birinchi o‘rinni egalladi. Nodira Soyibboyeva va Ruxshona Ravshanova ikkinchi, Jansaya Abdig‘aniyeva va Munisa Bahodirova uchinchi bo‘ldi. Akrobatik yo‘lakda Kumushbibi Safarova oltin, Rayhona Tursunaliyeva kumush, Dinara Nizomiddinova bronza medaliga ega chiqdi.
Erkaklar o‘rtasida (17 yosh va undan kattalar) yakkalik sakrashda Ahror Yusupov g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Imron Abdufattayev ikkinchi, Sardor Saidov uchinchi o‘rinni egalladi. Sinxron sakrashda Ahror Yusupov va Ahror Abdullayev juftligi oltin, Asadbek Yoqubov va Doston Ro‘zaliyev kumush, Sardor Saidov va Artur Xolmurodov bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Akrobatik yo‘lakda Muhammadziyo Abobokirov birinchi, Saidabror Abdulahadov ikkinchi, Jonpo‘lat Po‘latov uchinchi o‘rinni band etdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston kubogi doirasida yoshlar va kattalar o‘rtasidagi bahslar barcha yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa sportchilarning mahorati va tayyorgarlik darajasini namoyon etish uchun muhim maydon bo‘ldi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA