O‘zbekiston hududlarida yangi iqtisodiy siyosat (YAIS)ning amalga oshirilishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari (1921–1929 yy.)
Jasur Djaloldinovich SOLIEV katta o‘qituvchi Qo‘qon universiteti Andijon filiali Andijon, O‘zbekiston
Annotatsiya
Ushbu maqolada 1921–1929-yillarda Sovet hokimiyati tomonidan amalga oshirilgan Yangi iqtisodiy siyosat (YAIS)ning O‘zbekiston hududlaridagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarga ta’siri tarixiy manbalar asosida tahlil qilingan. Turkiston ASSR, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi va Xorazm Xalq Sovet Respublikasi misolida YAISning joriy etilishi, uning agrar sektor, sanoat, savdo va kooperatsiya tizimida o‘zgarishlarga olib kelgani ochib berilgan. YAIS davrining o‘lka iqtisodiyotini tiklashga xizmat qilgani, biroq keyingi ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga o‘tish uchun zamin yaratgan murakkab va ziddiyatli bosqich bo‘lgani baholangan.
Tayanch so‘zlar: Yangi iqtisodiy siyosat (YAIS), Turkiston ASSR, Buxoro XSR, Xorazm XSR, natural soliq, ijara munosabatlari, kooperatsiya, xususiy tadbirkorlik.