O‘zbek tili bayrami Samarqandda keng nishonlanmoqda
Tadbirlar Samarqand shahridagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bog‘ida alloma haykali o‘rnatilgan maydonda ma’rifiy suhbat bilan boshlandi.
Unda viloyat va shahar hokimligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, oliy o‘quv yurtlari, xalq ta’limi, maktabgacha ta’lim boshqarmalari, milliy madaniy markazlar, mahallalar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
[gallery-9218]
Oliy Majlis Senati a’zosi, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi F.Toshev, Samarqand davlat chet tillar instituti professori X.Xayrullayev, shoir va yozuvchilar tilimizning qadr-qimmati haqida gapirib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi.
Samarqand davlat universiteti talabalari til haqida she’rlar o‘qidi. Viloyat musiqali drama teatri aktyorlari tomonidan sahna ko‘rinishi namoyish etildi.
<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/7kFbmPYSBsY" title="Ўзбек тили байрами Самарқандда кенг нишонланмоқда" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>
G‘.Hasanov,
A.Isroilov (surat), O‘zA