O‘zbek bokschilari umumjamoa hisobida birinchi
Ruminiyada boks bo‘yicha "Golden Belt" nomli xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi 6 ta oltin medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Xabar qilinganidek, musobaqada 10 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan va 3 ta vaznda o‘zbek o‘g‘lonlarining chempionlik uchun o‘zaro ringga ko‘tarilishi jamoamiz kamida 3 ta oltin medalni naqd qilishidan dalolat berar edi. Yakunda bokschilarimiz 6 ta oltin, 4 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Shubhasiz, bunday natijaga turnirda ishtirok etgan hech qaysi jamoa yaqinlasha olmadi.

Ruminiyadagi musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan bokschilarimiz:
Oltin:
-48 kg: Asilbek Jalilov
-54 kg: Shahzod Muzaffarov
-67 kg: Javlon Yo‘ldoshev
-75 kg: Saidjamshid Ja’farov
-80 kg: Dilshod Ro‘zmetov
+92 kg: Lazizbek Mullajonov.
Kumush:
-75 kg: Abdulaziz Abdupattoyev
-80 kg: Odiljon Aslonov
-92 kg: Diyor O‘ralov
+92 kg: Jahongir Zokirov.
Bronza:
-57 kg: Dilshod Abdumurodov
-60 kg: Shunqor Abdurasulov
-63,5 kg: Shohruxbek Kenjayev.
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi boks federatsiyasi va terma jamoamizni mazkur musobaqada vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani bilan samimiy tabriklaydi, – deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.
O‘zA