“O‘zagrosug‘urta” AJ tanlov e’lon qildi
“O‘zagrosug‘urta” AJ yangi nom va logotipini yaratish uchun tanlov e’lon qilmoqda. Tanlovda jismoniy (voyaga yetgan fuqarolar) va yuridik shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Tanlovga talabnoma quyidagi tartibda yuboriladi:
1. Logotip va uning ta’rifining uch tilga (o‘zbek, rus, ingliz) moslashtiring.
2. Grafik shakldagi fayl va ta’rif matnini hamda aloqa bog‘lash ma’lumotlaringizni info@agros.uz elektron pochtasiga yoki 100011, Toshkent sh., Chilonzor 19, 61/2. Tel.: (+99871) 216-57-23 manziliga jo‘nating.
Hakamlar hay’ati ishlarni quyidagi mezonlar bo‘yicha baholaydi:
– tashkilot falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirishi;
– logotip g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi;
– logotip bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;
– logotip kreativligi va yangichaligi.
Tanlov g‘olib(lar)i yangi nom va logotip uchun o‘n million so‘mdan bir martalik (20 million) pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ.
Reklama huquqi asosida.