O‘z kasbining fidoyilari taqdirlandi
FOTOREPORTAJ
Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasining Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati ish ko‘lami keng. Soha xodimlari fuqarolar va jamoat xavfsizligini, tashkilotlarning barqaror faoliyat ko‘rsatishini, inson sha’ni, qadr-qimmatini hamda umumaxloqiy qadriyatlarni hurmat qilishga yo‘naltirilgan huquqiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi himoyasini ta’minlab kelmoqdalar.
[gallery-21338]
Ana shu fidoyi xodimlarning bir guruhi O‘zbekiston «Veteran» jangchi-faxriylar va nogironlari birlashmasining medal va ko‘krak nishonlari bilan taqdirlandi.
Xususan, Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining Jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari, polkovnik Murodilla Aliqoriyev, polkovnik Aziz Sultonov, podpolkovniklar Akmal Mahmudov, Murodjon Shokirov, Sayyora Sharobboyeva, Abdulla Hojimuhamedov, Abdulla Mirhojiyev, Muhammad Odilov, Nodirjon Turdiyevga «Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash uchun» medallari, «Vafo va sadoqati uchun» hamda «Fidoyi vatanparvar» ko‘krak nishonlari topshirildi.
Muhammad AMIN(surat),O‘zA