Otilgan snaryadlar izlariga koʻra soyli stvolli oʻqotar qurollar ballistik ekspertizasining konseptual asoslari
Abduvaxob Abdumalik o‘g‘li ZULFUQOROV dotsent yuridik fanlar boʻyicha (PhD) falsafa doktori Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi Toshkent, O‘zbekiston
Annotasiya
Maqolada otilgan snaryadlar izlari boʻyicha soyli stvolli oʻqotar qurollar ballistik ekspertizasining zamonaviy konseptual asoslarini ishlab chiqishga harakat qilingan.
Shuningdek, sud-ekspertlik faoliyatida nafaqat sud ballistikasida, balki sanoat usulida ishlab chiqarilgan mahsulotlar va obyektlarni tadqiq qiladigan kriminalistik texnikaning boshqa sohalarida ham standartlashtirilgan texnik atamalardan foydalanish zarurligi ta'kidlangan. Mavzu boʻyicha olib borilayotgan tadqiqot doirasidagi konseptual asoslarning vazifalari toʻgʻrisida fikr yuritilgan. Soyli stvolli oʻqotar qurollarni otilgan oʻqlardagi izlariga koʻra aniqlash tadqiqotlarining konseptual asoslaruga oid vazifalari – umum-ilmiy vazifa; maxsus vazifalar; bevosita amaliy faoliyatning vazifalari va ekspertiza vazifalari aniqlangan.
Tayanch soʻzlar: kriminalistika, sud ekspertizasi, oʻqlar, qurollar, soyli stvolli oʻqotar qurollar, konseptual asoslar, sud-ekspertlik faoliyatining prinsiplari, metodologiya, umumiy metodlar, maxsus metodlar, umum-ilmiy vazifa, maxsus vazifalar, bevosita amaliy faoliyatning vazifalari, ekspertiza vazifalari.