Otabek Shukurov: Jahon chempionatida O‘zbekiston degan davlatda yaxshi futbol borligini isbotlamoqchimiz
"Biz hech bo‘lmaganda Jahon chempionati darajasidek sport formaga yaqinroq bo‘lishimiz kerak"
O‘zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Otabek Shukurov bo‘lajak mundial oldidan jurnalistlarning savollariga javob berdi.
Jahon chempionatiga tayyorgarlik boshlandi bugundan terma jamoa safiga kelib qo‘shildingiz jismoniy holatingiz qanday va mashg‘ulotlar qanday ketmoqda?
“Avvalambor Assalomu Alaykum vaalaykum Assalom terma jamoa yig‘ini ancha oldin boshlagan. Biz ham bugundan kelib qo‘shilib oldik. Jahon chempionatida jismoniy holat judayam muhim terma jamoa murabbiylari ham bu narsa bizga juda ko‘p bor ta’kidlayapti. Biz hech bo‘lmaganda Jahon chempionati darajasidek sport formaga yaqinroq bo‘lishimiz kerak. Inshoolloh shunga tayyorgarlik ko‘ramiz. Raqiblarimiz ham, guruhimiz ham oddiy emas. O‘sha jismoniy holatimizni sinaydigan guruh. Shuning uchun yaxshi tayyorgarlik ko‘rib, mundialni yaxshi boshlaymiz degan umiddamiz”.
Hozirgi terma jamoaning eng katta kuchi nimada ?
“Jamoada, oilada”
Jahon chempionatidan oldin qo‘rquv bormi yoki faqat ishonchmi ?
“Ikkalasi ham bor. Menimcha qo‘rquv va ishonch bo‘lgani ham yaxshi bo‘ladi. Har bittasida balans bo‘lgani yaxshi qaysidadir ko‘paytirilvorsa ham kamaytirsa ham bo‘lmaydi. Baribir ham Jahon chempionatining mas’uliyati bor - shaxsan o‘zimda. Lekin biz hozirda hech narsadan qo‘rqadigan holatdamasmiz. Birinchi marta Jahon chempionatida ishtirok etyapmiz. Shuning uchun hamma mas’uliyatni olib tashlash va chiqib mazza qilib futbol o‘ynash kerak”.
O‘zbekiston bu mundialda dunyoga nimani isbotlamoqchi?
“O‘zbekiston degan davlatda yaxshi futbol borligini”.
Klubingiz bilan shartnomani uzaytirmoqchimisiz yoki boshqa takliflar bormi ?
Bu haqida hozir bir narsa deya olmayman. Lekin klub shartnomani uzaytirmoqchi. Ammo men hozircha aniq bir qarorga kelganim yo‘q", - dedi Shukurov.