Osiyo chempionatida tarixiy natija qayd etgan atletlarimiz tantanali kutib olindi
Janubiy Koreyaning Mokpo shahrida yengil atletikaning uloqtirish turlari bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston yengil atletika terma jamoasi 8 nafar sportchi bilan ishtirok etib, yakunda 1 tadan oltin va kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Toshkent xalqaro aeroportida musobaqadan qaytgan terma jamoa a’zolarini O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi rahbariyati hamda sportchilarning yaqinlari tantanali tarzda kutib oldi.

Osiyo chempionatining erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish bahslarida Sarvar Ismoilov 77.39 metr natija qayd etib, musobaqaning oltin medaliga sazovor bo‘ldi.
Hamyurtimiz ushbu natija orqali shaxsiy rekordini yangiladi hamda mamlakat tarixidagi eng yaxshi 9-natijani ko‘rsatdi. Shuningdek, mazkur g‘alaba uloqtirish turlari bo‘yicha Osiyo chempionatlari tarixida O‘zbekiston uchun ilk oltin medal sifatida qayd etildi.
Shuningdek, erkaklar o‘rtasida bosqon uloqtirish yo‘nalishida Ayubxon Fayozov 71.33 metr natija bilan kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA